"OʻzFeʼlKorpus" — bu oʻzbek tilidagi 2000–2025-yillar orasida yaratilgan badiiy, ilmiy, publitsistik va rasmiy uslubdagi matnlar asosida tuzilgan 1 million soʻzli elektron matnlar korpusidir. Ushbu korpus oʻzbek tilida feʼl morfologik shakllarining nutqdagi qoʻllanish darajasini tizimli tahlil qilish maqsadida shakllantirilgan boʻlib, u zamonaviy lingvistik tadqiqotlar, uslubiy va grammatik izlanishlar uchun boy empirik manba hisoblanadi.
Korpusda turli uslub va janrlardagi matnlar toʻplangan boʻlib, ular orqali feʼlning zamon, mayl, nisbat, shaxs-son shakllari kabi grammatik koʻrsatkichlarning real nutqdagi ishlatilish chastotasi aniqlanadi.
Yaratilgan yil: 2025
OʻzFeʼlKorpus oʻzbek tilidagi feʼllarning turli shakllarining qoʻllanishini oʻrganish, ularning chastotasini aniqlash va grammatik tahlil qilish uchun yaratilgan. Korpus lingvistlar, tilshunoslar, talabalar va oʻzbek tilini oʻrganayotganlar uchun foydali manba hisoblanadi.
Sheʼrlar, romanlar, hikoyalar
Ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar
Gazeta va jurnal maqolalari
Hujjatlar, qonunlar, shartnomalar
Toʻliq soʻzni kiriting va korpusda qidiring
Soʻz oxiri qatnashgan qoʻshimchani kiriting
Faqat maʼlum uslubda qidirish imkoniyati